Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Muhabbat” mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
“Obod” mahallasida kambag‘al oilalar bilan manzilli ish olib borildi.
янв.21
“Nukus” saylov okrugida aholi muammolari o‘rganildi.
янв.21
«Sayopir» saylov okrugida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Kelajak” markazida sessiya masalasi doirasida o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
“Yoshlik” mahallasida xonadonbay o‘rganish natijasida fuqaro ishga joylashtirildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
«Yakkachikir» mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi fuqaroning muammolari o‘rganildi
🏘 Mahalla — islohotlarning eng muhim bo‘g‘ini!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Y.Mo‘minova hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X.Jumabayev Xos mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini atroflicha o‘rgandilar.

🔎 O‘rganish davomida, ayniqsa, aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolar bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish hamda oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🤝 Asosiy e’tibor — har bir xonadonning muammosini o‘rganish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va fuqarolar uchun munosib daromad manbalarini yaratishga qaratildi.

📌 Maqsad aniq: mahallalarda farovon hayot, oilalarda barqaror daromad va aholi uchun yangi imkoniyatlar yaratish!

Slide 1 of 4