Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Muhabbat” mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
“Obod” mahallasida kambag‘al oilalar bilan manzilli ish olib borildi.
янв.21
“Nukus” saylov okrugida aholi muammolari o‘rganildi.
янв.21
«Sayopir» saylov okrugida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Kelajak” markazida sessiya masalasi doirasida o‘rganish o‘tkazildi.
янв.21
“Yoshlik” mahallasida xonadonbay o‘rganish natijasida fuqaro ishga joylashtirildi
янв.21
«Sayopir» mahallasida aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
«Yakkachikir» mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi fuqaroning muammolari o‘rganildi
FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBORDA

#Deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi #deputat_qabuli

FUQAROLAR MUROJAATLARI E’TIBORDA

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi “7-Beshqayrag‘och” saylov okrugi deputati Xaydarova Ziyoda Tolipovna tomonidan Beshqayrag‘och mahallasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

💬 Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan turli ijtimoiy, kommunal va maishiy masalalar, hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolarni qiynayotgan boshqa muammolar yuzasidan murojaat va takliflar bildirildi.

📈 Deputat tomonidan har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, ko‘tarilgan masalalarning mazmuni va ularni hal etish imkoniyatlari atroflicha o‘rganildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni tegishli tartibda hal etish, zarur hollarda mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirish va ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

📈 Fuqarolar bilan bunday bevosita uchrashuvlar deputat uchun hududdagi mavjud muammolarni chuqurroq o‘rganish, aholining fikr va takliflarini eshitish hamda ularni tegishli tashkilotlar oldiga olib chiqish imkonini beradi.

🤝 Xalq bilan ochiq muloqot — samarali deputatlik faoliyatining muhim mezoni. Fuqarolarning har bir murojaati e’tiborda, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va hududdagi muammolarga amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 4