Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada infratuzilma masalalari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N. Allaberganova “Saxovat” mahallasida joylashgan tuman gaz ta’minoti korxonasida bo‘lib, aholini tabiiy gaz bilan ta’minlash hamda suyultirilgan gaz yetkazib berish holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.
янв.21
Narx-navo — xalq deputatlari nazoratida
янв.21
Aholi murojaati sarhisobi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI TUPROQQAL'A TUMANI KENGASHINING QARORI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F. Seydabdullayeva Axborot-kutubxona markazida
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashi deputati F. Seydabdullayeva tomonidan tuman Axborot kutubxona markazida
янв.21
Prokuror axboroti tinglandi.
янв.21
Hazorasp mahallasi obod etilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati J. Kuryazov mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli tashkil etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazdi.
Narx-navo — xalq deputatlari nazoratida

O‘rganish jarayonida bozordagi savdo faoliyati, mahsulotlar sifati va ularning narxlari aholining xarid qobiliyatiga qay darajada mos kelayotgani alohida e’tiborga olindi. Shuningdek, ayrim holatlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini plastik kartochkalar orqali sotish amaliyoti mavjudligi kuzatilib, bu esa ayrim noqulayliklarni keltirib chiqarishi mumkinligi qayd etildi.

Deputat tomonidan mas’ul tashkilot vakillariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini naqd pulda ham erkin savdoga chiqarish, aholiga qulay sharoit yaratish hamda sun’iy narx-navoning oshishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tizimli nazorat tadbirlarini kuchaytirish zarurligi yuzasidan takliflar bildirildi.

Shu bilan birga, bozorlarda narxlarning asossiz oshib ketishining oldini olish, vositachilikni qisqartirish va ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish mexanizmlarini kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur nazorat tadbirlari aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda ichki bozorda barqaror narx siyosatini yuritishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 3