Sessiyada shaharda xizmatlar sohasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi masala muhokama qilindi. Deputatlar shahar miqyosidagi rejalar yaxshi bajarilayotgani ammo ayrim mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan o'zlariga berilgan rejalarni bajarishda nima uchun qiyinchilikka uchrayotgani yuzasidan izoh so'radilar. Muhokamalar natijasida Kengashning tegishli qarori qabul qilindi.
https://t.me/xalq_deputatlari_olmaliq_rasmiy