Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi deputatlarining “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida xalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashi tomonidan Sahovat mahallasida mahalla faollari va aholi bilan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuv davomida mahalladan saylangan deputat Babajanov Kurbanbayev Saidovich aholi murojaatlarini tinglab, murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborishga kelishib olindi.