Sessiya ishida tumanni ishsizlik va korrupsiyadan holi hududga aylantirish hamda “Obod xonadon, obod ko’cha, obod mahalla” mezonlarini joriy etishda sektor rahbarlari tomonidan I chorakda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisobotlari eshitildi.
Shuningdek, tanqidiy ruhda o’tkazilgan ushbu yig’ilishda tumandagi kommunal soha (elektr ta’minoti, gaz, ichimlik suvi, yo’l) tashkilotlari rahbarlarining ham hisobotlari eshitilib, aholi muammolari bilan bog’liq masalalarni hal qilishda ular tomonidan yo’l qo’yilgan kamchiliklar ko’rsatib o’tildi.
Sessiya yig’ilishida elektr, gaz, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash va tuproq yo’llarni shag’allashtirish bo'yicha joriy yil yakuniga qadar har bir mahalla kesimida reja-jadvallari muhokama qilindi.
Yig’ilishga yuqoridagi sohalar bo’yicha eng ko’p murojaat qilgan fuqarolar taklif etilib, ularga mahallalarida amalga oshiriladigan ishlarning reja-jadvallari tushuntirildi.