Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Prezident qarorlari ijrosi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
#sessiya
янв.21
Хalq deputatlari Tuproqqal'a tumani Kengashining 5-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi deputatlarining “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining navbatdagi 104-sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi deputatlarining “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining navbatdagi 102-sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining navbatdagi 100-sessiyasi o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining navbatdagi 99-sessiyasi o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashining navbatdagi 102-sessiyasi o‘tkazildi.

 Joriy yilning 21-may kuni
xalq deputatlari Tuproqqalʼatumani Kengashining navbatdagi 99-sessiyasi o‘tkazildi.
 

Sessiyada quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.  

1. Tuproqqalʼa tumani sektorlarida 2024 yil II choragi davomida “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan sektor rahbarlarining hisoboti to‘g‘risida. 

2. Tuproqqalʼa tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2024-yil 6 oy davomida tuman hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti. 

3. Tuproqqalʼa tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2024-yil II choragida amalga oshirilgan ishlar holati yuzasidan axboroti. 

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tuproqqalʼa tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri U.O‘razbayevning “Tuman sektor rahbarlari va tashkilotlarning
murojaatlar bilan ishlash faoliyati yuzasidan 2024-yil 1-yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi axboroti to‘g‘risida.
 

5. Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar tahlili va hokim
yordamchilari faoliyatining natijadorligini o‘rganish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tuproqqalʼa tuman Xalq qabulxonasi mudirining 2024
yil yanvar-may oyi yakuni bo‘yicha axboroti to‘g‘risida.
  

6. Tuproqqalʼa tumanida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2023-yil 15-dekabrdagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar va tumanlar maʼmuriy-hududiy chegaralarini tasdiqlash ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tuzilgan “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq Tuproqqalʼa tumanining maʼmuriy-hududiy chegaralarini
belgilash to‘g‘risida.
 

7. Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining deputatlari tomonidan, Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limining bugungi kundagi faoliyati, partiyaning “Yaxshi kasb – yetuk mutaxassis – munosib ish xaqi” loyihasi doirasida uyushmagan, ishsiz
yoshlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va belgilangan ustuvor vazifalarni o‘rganishlar to‘g‘risida.
 

8. Tuproqqalʼa tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori Sh.Ozodzodaning 2024-yilning II choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti to‘g‘risida. 

9. Tuproqqalʼa tumani mahalliy byudjetining 2024 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida. 

10. Mahalliy byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarda ish haqi va ijtimoiy soliq bo‘yicha yetishmayotgan mablag‘larni xatlovdan o‘tkazish to‘g‘risida. 

11. Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi vakolatlari, vazifalari va funksiyalarining reyestrini yuritish tartibi to‘g‘risida. 

12. Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tumani Kengashi deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish bo‘yicha III chorak reja-grafigini tasdiqlash
to‘g‘risida.
    

Slide 1 of 4