Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati S. Suvonqqulov mahallada aholi bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘z faoliyati yuzasidan axborot berdi.

🗣 Uchrashuv davomida deputat tomonidan joriy yil birinchi choragida amalga oshirilgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash natijalari, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yechimi bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot taqdim etildi.

📌 Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilishi ta’kidlandi.

🤝 Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan samarali hamkorlikni ta’minlash, hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1