Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YAKKAVUT MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati K.Xoldorova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘jamberdiyevlar tomonidan Yakkavut mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi. Xususan, mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati, ko‘chalarni tungi yoritish tizimi, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga xizmat ko‘rsatish sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlanishi hamda to‘lovlarning o‘z vaqtida yetkazilishi holatlari tahlil qilindi.

Slide 1 of 4