Besarang mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Farg‘ona kanali ustidan o‘tuvchi ko‘prikning asfalt qismida yuzaga kelgan yoriqlar bo‘yicha aholi murojaatiga asosan muammoni bartaraf etish maqsadida tuman Kengashi deputati T. Soliyev tomonidan Toshloq tuman Avtomobil yo‘llari pudrat korxonasiga deputat so‘rovi yuborilgan edi.
Mazkur so‘rovga belgilangan tartibda rasmiy javob taqdim etilib, unda Besarang MFY hududidan o‘tuvchi 40V012 Arabmozor–Xonabod avtomobil yo‘lining 5-kilometr qismida, kanal ko‘prigidagi asfalt qoplamasida yuzaga kelgan chuqurlik va boshqa kamchiliklar joriy yilning 2-chorak smetasi doirasida ta’mirlanishi ma’lum qilindi.