Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati M.Meliboyev Zarkent mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli “Mahallalarda boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida mahalla yettiligi zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
Xususan, mahalla obodligini ta’minlash, mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.
Uchrashuv yakunida mahalla faollari tomonidan bildirilgan takliflar yuzasidan mahalla yettiligi va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.