#Jamoatchilik_nazorati
Oliy Majlis deputati Toshkent tumanida
Joriy yil 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Atxam Nazirqulov, tuman Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Hasanboy hududidagi 9-Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida boʻldi.
450 dan ortiq jajji bolajonlarni oʻz bagʻriga olgan tarbiya oʻchogʻiga kirar ekanmiz, Muhtaram Prezidentimizning olib borayotgan islohotlarini tumanimizda amalga oshirayotganligiga yana bir bora ishonch hosil qildik. Chunki, bir biridan shirin shakar farzandlarimiz uchun barcha qulay shart sharoitlar yaratilgan.
Malakali tarbiyachilar bilan qilgan suhbatimizdan qoniqish hosil qilgach, oshxona tomon yoʻl oldik. Bolajonlar uchun stol stullar deysizmi, qoʻl yuvishgacha barcha qulayliklarni koʻrib tasanno deysiz.
Ha, bu inshoot bugungi kunda yuzlab oilalarning farzandlari uchun mehr muhabbat bilan xizmat qilinayotganini koʻrib chiqar ekanmiz, ulkan inshootni qurib bergan saxovatli homiylarimizga cheksiz minnatdorchiligimizni bildirib ortga qaytdik.
Toshkent tumani Kengashi deputati M.Usmonov.