Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada yangi tizim ijrosi: deputat va Kengash rahbariyati nazoratida
янв.21
“SURXON TONGI” gazetasining 2026-yil 11-mart kunidagi 10-sonida:
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 19-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining aprel oyi ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 16–19-mart)
янв.21
IJTIMOIY HIMOYADA YANGI TIZIM 35-SONLI QAROR BILAN NIMALAR O‘ZGARDI
янв.21
Yurt obodligi — mahalladan boshlanadi!
янв.21
BUNYODKORLIK VA OBODONLIK: DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Mahalla yettiligi: 2025-yil sarhisobi va deputat nazorati
янв.21
Mahalla raisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
Farmon ijrosi nazoratga bog‘liq

       Ma’lumki yurtimizda aholi turmush darajasini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash dasturlarining natijadorligiga erishishda yangicha yondashuv va to‘plangan milliy tajribani qo‘llash chora-tadbirlarini yanada yuqori bosqichga olib chiqish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabr kuni qabul qilingan Farmoni va Qarori qabul qilinib, unga ko‘ra, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambag‘allikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi
etib belgilandi. 

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi kotibiyati jamoasi va Kengashi deputatlari mahallalardagi mahalla yettiligi bilan xamkorlikda bu borada sezilarli ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Xususan, Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari P.Ro‘ziboyev va mahalla deputati R.Boltayevlar Urganch shahridagi “J.Manguberdi” mahallasida yashovchi kambag‘al oilalarga biriktirilgan viloyat va shahar tashkilotlarining ushbu oilalarga shu kungacha oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarini o‘rganib, o‘rganish yakunida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirishga qaratilgan tegishli taklif va tavsiyalarini berdilar.  

Slide 1 of 1