Eng muhim o‘zgarishlar:
▫️Avtomatik baholash va uzluksiz to‘lovlar:
"Yashil" toifadagi oilalar (kambag‘allikka tushish xavfi ostidagi) avtomatik ravishda baholanadi. Bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam olinganda qayta ariza talab qilinmaydi va to‘lovlar uzluksiz davom etadi.
▫️Mahalla yettiligi va Individual reja:
Har bir reyestrga kiritilgan oila uchun mahalla yettiligi tomonidan kambag‘allikni kamaytirishga qaratilgan Individual reja ishlab chiqiladi. Unda ishga joylashtirish, tadbirkorlikka o‘qitish kabi aniq chora-tadbirlar ko‘zda tutiladi.
▫️Raqamli identifikatsiya (Face-ID):
Yordam so‘rab murojaatlarda va o‘rganish jarayonlarida shaxsni biometrik identifikatsiya qilish joriy etiladi, bu esa qog‘ozbozlik va tanish-bilishchilikka chek qo‘yadi.
▫️ Bepul SMS-xabarnoma:
Reyestrga kiritish, chiqarish, nafaqa tayinlash yoki rad etish haqidagi barcha ma’lumotlar fuqaroning telefoniga bepul SMS orqali yuboriladi.
▫️Ijtimoiy karta mobil ilovasi:
2027-yilgacha ijtimoiy xizmatlarni mobil ilova orqali boshqarish imkoniyati yaratiladi.
📎 Kimlar yordam ololmasligi mumkin?
- Oila a’zolarida 1 dan ortiq ko‘chmas mulk bo‘lsa;
- 7 yildan so‘ng yengil avtomobil yoki yuk mashinasi mavjud bo‘lsa;
- Bank omonatida katta mablag‘ bo‘lsa;
- Oylik daromad belgilangan me’yordan yuqori bo‘lsa.
🫥 Maqsad faqat haqiqatan muhtoj oilalarga yordam yetkazish va ularni kambag‘allikdan chiqarishga ko‘maklashish.
📍Savol yoki murojaatlar uchun mahalladagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi yoki mahalla yettiligiga murojaat qiling.