O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoni (https://lex.uz/docs/-6705763)ga ko‘ra, mahalla raisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
⏺Mahalla obodligini ta’minlash:
💬 “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy etish;
💬 “Yashil makon” loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlari ekishni targ‘ib qilish.
🔅Har oy kamida 1 marta barcha ko‘chalarda ommaviy hashar o‘tkaziladi.
🔅Kamida 2 ta ehtiyojmand oila xonadonida qo‘ni-qo‘shnilar bilan hashar tashkil etiladi.
⏺Milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish:
💬Urf-odat va an’analarni rivojlantirish;
💬Sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash;
💬To‘y-marosimlarni isrofgarchiliksiz va ixcham o‘tkazilishini ta’minlash.
🔅Har chorakda madaniyat xodimlari, yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi.
🏛 Davlat organlari bilan hamkorlik:
💬Mahallaga biriktirilgan davlat organlari vakillarini aholi muammolarini hal etishga safarbar qilish.
🔅Fuqarolar yig‘ini kengashida har oy kamida 5 ta davlat organi vakillarining axboroti eshitiladi.
⏺Mahalla faollari faoliyatini muvofiqlashtirish:
💬Hokim yordamchisi;
💬 Xotin-qizlar faoli;
💬 Yoshlar yetakchisi;
💬 Profilaktika va soliq inspektorlari;
💬Ijtimoiy xodimlar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish.
🔅 Har hafta ularning hisobotlari eshitiladi.
🔅 Har biri oyiga kamida 10 ta muammoli masalani hal etishi nazorat qilinadi.
⏺Jamoatchilik nazoratini o‘rnatish:
💬Qonunchilik hujjatlari ijrosini nazorat qilish.
⏺Har hafta:
💬Ta’lim muassasalarida davomat;
💬Poliklinikalarda tibbiy xizmat sifati;
💬Sport obyektlarining ochiqligi;
💬Savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari atrofidagi tozalik holati o‘rganiladi.
🗣Mahalla — jamiyatning eng muhim bo‘g‘ini!
⏺Mahalla raisi esa hudud tinchligi, obodligi va aholi farovonligini ta’minlashda muhim mas’uliyatni bajaradi.