Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati B.Xollozov o‘z saylov okrugidagi “Mehrobod” mahallasida nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdi.
💬Mazkur tadbirda bevosita Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov ishtirok etishdi. Bu esa mahallabay ishlash tizimiga Kengash darajasidagi yuksak e’tiborning namunasidir.
🔅O‘rganishlar davomida Prezidentimizning 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli Farmoni (https://lex.uz/docs/-6705763) ijrosi, xususan "Mahalla yettiligi" faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning o‘zaro hamkorligi va aholi muammolarini hal etishdagi natijadorligi tahlil qilindi.
💬Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha nazorat olib borildi:
🔅Mahalla raisi: “Yettilik” a’zolari o‘rtasidagi hamkorlik, mahalladagi umumiy tartib-intizom va aholi murojaatlari bilan ishlash holati;
🔅Hokim yordamchisi: Kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan “Individual rejalar” va imtiyozli kreditlarning manzilliligi;
🔅Xotin-qizlar faoli: Ayollarni ijtimoiy himoya qilish, ularni kasb-hunarga o‘rgatish va oilalardagi ma’naviy muhit barqarorligi;
🔅Profilaktika inspektori: Hududda jinoyatchilikning oldini olish, “Xavfsiz mahalla” tamoyili ijrosi va tungi nazorat tadbirlari;
🔅Ijtimoiy xodim: Yolg‘iz keksalar, nogironligi bor shaxslar va ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati.
🫥Mahallani muammolardan xoli hududga aylantirish, mahalla vakillarining mas’uliyatini oshirish va "Inson qadri uchun" tamoyilini hayotga tatbiq etishdir.