💬Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati D.Toshboyeva o‘z saylov okrugidagi "Tuproqqo‘rg‘on" mahallasida ana shunday obyektlarda bo‘lib, qurilish ishlarining borishi bilan tanishdi.
💬O‘rganishlar davomida deputat “VIZION TAUER” MCHJ xorijiy korxonasi hamda “XAMIDIY” xususiy korxonasi tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli turar va noturar joy majmualariga tashrif buyurdi.
💬Mazkur obyektlar Termiz shahrining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bilan birga, yuzlab oilalarni zamonaviy xonadonlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
💬Shuningdek, deputat mahalla hududida yangi barpo etilgan zamonaviy chiqindixonani ham ko‘zdan kechirdi. Bu loyiha mahalladagi ekologik holatni yaxshilash va aholiga zamonaviy sanitar xizmat ko‘rsatish maqsadida amalga oshirilgan.
🔅Deputatning bunday faolligi tadbirkorlar uchun mas’uliyat, aholi uchun esa ishonch uyg‘otadi.