Mazkur jarayonda Termiz shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori O.Jumayev ham ishtirok etdi. Hamkorlikda hududda nazorat-tahlil tadbirlari olib borildi.
💬O‘rganishlar markazida quyidagilar bo‘ldi:
🔅Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni aniqlash va ularga ko‘rsatilayotgan yordamning samaradorligi;
🔅Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari;
🔅Keksa avlod vakillarini ijtimoiy muhofaza qilish choralari;
🔅Aholi murojaatlarini "Inson" markazi orqali hal etish jarayonlari.
🫥Muhokama davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
"Ijtimoiy himoya tizimi xalqimizning osoyishta va farovon hayot kechirishi garovidir. Biz har bir fuqaroning, ayniqsa, ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamning muammolarini hal etishga astoydil kirishamiz," — dedi Kengash raisi D.Normuradova.