⏺Mazkur jarayon Kengash kotibiyati xodimlarining deputatlar bilan hamkorlikda ishlash grafigi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. O‘rganish davomida mahalliy Kengash deputatlari uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida mahalla raisi va hokim yordamchisi faoliyati atroflicha tahlil qilindi. Ularning aholi bilan ishlash, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish borasidagi faolligi baholandi.
⏺Deputat mahalla hududiga chiqib, aholini qiynayotgan masalalarni o‘rgandi.
💬Jumladan:
🔅Ichki yo‘llar holati: Ayrim ko‘chalardagi yo‘llarning ta’mirtalabligi;
🔅Elektr ta’minoti: Eskirgan elektr ustunlari va tarmoqlaridagi nosozliklar aniqlandi.
🫥Tadbir yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari tayyorlanishi va ijrosi nazoratga olinishi belgilandi.