Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududlarni rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirishning yangi bosqichi
янв.21
OʻRQ-781-sonli Qonun — “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida
янв.21
Gemotologiya bo‘limida deputatlik o‘rganishlari
янв.21
DEPUTATLAR NAZORATIDA: REPRODUKTIV SALOMATLIK, ZAMONAVIY TIBBIYOT VA SHAFFOFLIK!
янв.21
Mahalla tizimi — islohotlar ko‘zgusi: “Shodlik” mahallasida o‘rganishlar olib borildi
янв.21
PREZIDENT QARORI: IJTIMOIY HIMOYADA YANGI BOSQICH!
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI — AMALDA!
янв.21
“Namuna” mahallasi — amaliy ishlar va yoshlar tashabbusi bilan haqiqiy namunaga aylanmoqda!
янв.21
YANGI TURAR JOY MAJMUALARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
Maktab ta’miri — deputatlar nazoratida
Hududlarni rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirishning yangi bosqichi

💬2026-yil yakuniga qadar mamlakatda kambag'allik darajasini 2,8 foizga, ishsizlikni esa 4,5 foizgacha tushirish belgilandi.

💬1 million aholini doimiy ish bilan taminlash va 4 million fuqaroning daromadlarini izchil oshirish.

💬Mahallalarning ixtisoslashuvi (“drayver” sohalari) asosida biznes infratuzilmasini yaxshilash va loyihaviy boshqaruvni joriy etish.

💬Usta-dehqonlarga xonadonlarni ixtisoslashtirgani uchun 2 mln so'mdan 75 mln so'mgacha subsidiyalar ajratiladi.

💬Eski bog'larni yangilash, tomchilatib sug'orish va quduq qazish xarajatlarining 70 foizgacha qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

💬“Ijtimoiy reyestr”dagi oilalarga uylarini isitish va energiya tejovchi derazalar o'rnatishda alohida yordam ko'rsatiladi.

💬Chorvachilik va turizm mahallalarida 150 mln so'mgacha garovsiz kreditlar berish tizimi yo'lga qo'yiladi.

💬Hududiy Kengashlarga “og'ir” mahallalar ro'yxatini tasdiqlash va mablag'larning manzilli ishlatilishini nazorat qilish hamda tuman Kengashlariga mahallalar kesimidagi oyma-oy maqsadli koʻrsatkichlarni muhokama qilish vakolati berildi.

💬Norasmiy bandlikni legallashtirgan ish beruvchilar ma'muriy javobgarlikdan ozod etiladi va ularning reytingi oshiriladi.

🫥Bu qaror — har bir mahallada farovonlikni taminlash va inson qadrini yuksaltirish yo'lidagi navbatdagi muhim qadamdir!