Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova hamda Kengash huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi raisi A.Mustafakulov (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k/8554)lar shaharning “Tuproqqo‘rg‘on” mahallasida bo‘lib, “GRAND CAPITAL BUILDINGS” MChJ tomonidan barpo etilayotgan zamonaviy ko‘p qavatli turar-joy binolarining qurilish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar.
⏺O‘rganishlar davomida qurilish ishlarining sifati va texnik me’yorlarga mosligi, loyihani belgilangan muddatlarda yakunlash bo‘yicha grafik ijrosi alohida e’tibor qaratildi.
💬Shuningdek, majmuaning istiqbolli rejasi, jumladan, bolalar maydonchalari, avtoturargohlar va yashil hududlarni tashkil etish bo‘yicha taqdimot tinglandi. Loyiha aholining barcha qatlamlari uchun qulaylik yaratishga qaratilganligi e’tirof etildi.
🫥O‘rganish yakunida quruvchilarga ishlarni sifatli yakunlash hamda hudud infratuzilmasiga zarar yetkazmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi.