Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada yangi tizim ijrosi: deputat va Kengash rahbariyati nazoratida
янв.21
“SURXON TONGI” gazetasining 2026-yil 11-mart kunidagi 10-sonida:
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 19-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining aprel oyi ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 16–19-mart)
янв.21
IJTIMOIY HIMOYADA YANGI TIZIM 35-SONLI QAROR BILAN NIMALAR O‘ZGARDI
янв.21
Yurt obodligi — mahalladan boshlanadi!
янв.21
BUNYODKORLIK VA OBODONLIK: DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Mahalla yettiligi: 2025-yil sarhisobi va deputat nazorati
янв.21
Mahalla raisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
Toyloq tumanida suv resurslaridan foydalanish holati muhokama qilindi

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining yigirma uchinchi sessiyasida “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori B. Ahadov tumanda suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash hamda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Ma’lum qilinishicha, tumanda 16 ming gektardan ortiq sug‘oriladigan yer maydonlari mavjud bo‘lib, ular asosan Zarafshon daryosi hamda Darg‘om, Shavdor va Yangi Urgut magistral kanallari orqali suv bilan ta’minlanmoqda. Hisobot davrida sug‘orish tarmoqlarini tozalash va gidrotexnik inshootlarni ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.

Sessiyada ayrim hududlarda sug‘orish tarmoqlari holati, noqonuniy qurilishlar va chiqindilar tashlanishi kabi muammolar ham qayd etildi.

Slide 1 of 2