Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada yangi tizim ijrosi: deputat va Kengash rahbariyati nazoratida
янв.21
“SURXON TONGI” gazetasining 2026-yil 11-mart kunidagi 10-sonida:
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 19-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining aprel oyi ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 16–19-mart)
янв.21
IJTIMOIY HIMOYADA YANGI TIZIM 35-SONLI QAROR BILAN NIMALAR O‘ZGARDI
янв.21
Yurt obodligi — mahalladan boshlanadi!
янв.21
BUNYODKORLIK VA OBODONLIK: DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Mahalla yettiligi: 2025-yil sarhisobi va deputat nazorati
янв.21
Mahalla raisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
SESSIYA CHAQIRILMOQDA

Bu haqda Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi raisi D.Ulug'boyevaning 12-mart kunida qabul qilgan “Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi farmoyishida ma’lum qildi.

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi yigirma uchinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar ko'rib chiqilishi belgilangan.

1. Tumanning ijtimoiy sohasida 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yakuni, sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha erishilgan natijalar hamda 2026-yilga mo‘ljallangan ustuvor vazifalar yuzasidan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari J.Radjabovning hisoboti to‘g‘risida

2. “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori B.Ahadovning suv resurslarini boshqarish, suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini yaxshilash, tumanda zamonaviy suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va ushbu yo‘nalishda belgilangan ustuvor vazifalarni bajarish holati yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.

3. Toyloq tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i R.Haydarovning veterinariya uchastkalari tomonidan 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida.

4. Toyloq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga saqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar to‘g‘risida.

5. Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 2024-yil 27-dekabrdagi “Toyloq tumanining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-4-021-7-104-K/24-sonli qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida