ig‘ilishda Termiz shahar budjetining 2026-yil boshida aniqlangan erkin qoldiq mablag‘larini shahar ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi dolzarb masalalarga yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi.
💬 Kun tartibidagi masala yuzasidan shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi o‘rinbosarining hisoboti tinglandi.
💬Komissiya a’zolari mablag‘larni taqsimlashda shahardagi infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy sohalarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholini qiynayotgan muammolarni hal etishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladilar. Deputatlar tomonidan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha qator takliflar bildirildi.
🔅 Yig‘ilish yakunida mazkur masala yuzasidan xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.