Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada yangi tizim ijrosi: deputat va Kengash rahbariyati nazoratida
янв.21
“SURXON TONGI” gazetasining 2026-yil 11-mart kunidagi 10-sonida:
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 19-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining aprel oyi ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 16–19-mart)
янв.21
IJTIMOIY HIMOYADA YANGI TIZIM 35-SONLI QAROR BILAN NIMALAR O‘ZGARDI
янв.21
Yurt obodligi — mahalladan boshlanadi!
янв.21
BUNYODKORLIK VA OBODONLIK: DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Mahalla yettiligi: 2025-yil sarhisobi va deputat nazorati
янв.21
Mahalla raisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
#yashil makon

O‘zbekiston bo‘ylab davom etayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Olmaliq shahrida ham ko‘kalamzorlashtirish ishlari qizg‘in tus olmoqda. Bugun tabiatga bo‘lgan mas’uliyat va kelajak avlod oldidagi burch hissi bilan shahar Kengashi vakillari hamda mutaxassislar bir joyga jam bo‘lishdi.

Tadbir davomida mutasaddilar shaharning ikki muhim ijtimoiy ob’ektida bo‘lishdi:

💎Nuroniylar maskani – keksalarimiz hordiq chiqaradigan maskan atrofini yanada fayzli qilish maqsadida mevali daraxtlar o‘tqazildi.

💎80-sonli maktab-internati – o‘quvchi yoshlar yashil tabiat qo‘ynida ulg‘ayishlari uchun muassasa hovlisiga manzarali ko‘chatlar ekildi.

Mazkur ko‘chat ekish aksiyasida quyidagi mas’ullar faol ishtirok etishdi:

Muhiddin Abdullayev va Sanjar Mamayusupov, Zuhra Pulatova, Abdujabbor Djurayev, Lenura Baydullayeva, Faxriddin Matasimov – Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari;

Sevara Qodirova– Kotibiyat mudiri;

Muhriddin Begmatov va Mukarram Ne’matullayeva – Kotibiyat bosh mutaxassislari.

"Bugun ekilgan har bir nihol ertaga katta bog‘ga aylanadi. Bu nafaqat ekologiyani yaxshilash, balki shahrimizning har bir burchagini obod qilish yo‘lidagi kichik, ammo muhim qadamdir," – deya ta’kidlashdi deputatlar.

✅Natija

Ushbu tashabbus doirasida hududlarga o‘nlab mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari qadaldi. Eng muhimi, bu ko‘chatlar shunchaki ekilib qolmay, ularning keyingi parvarishi va sug‘orish tizimi bo‘yicha ham mas’ullar belgilab olindi.

Slide 1 of 8