Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada yangi tizim ijrosi: deputat va Kengash rahbariyati nazoratida
янв.21
“SURXON TONGI” gazetasining 2026-yil 11-mart kunidagi 10-sonida:
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 19-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining aprel oyi ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 16–19-mart)
янв.21
IJTIMOIY HIMOYADA YANGI TIZIM 35-SONLI QAROR BILAN NIMALAR O‘ZGARDI
янв.21
Yurt obodligi — mahalladan boshlanadi!
янв.21
BUNYODKORLIK VA OBODONLIK: DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Mahalla yettiligi: 2025-yil sarhisobi va deputat nazorati
янв.21
Mahalla raisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
Deputatlik guruhining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. 

Yig'ilishda Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 6-maydagi PF-76-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan olib borilgan ishlar ko‘rib chiqildi. Bu borada tumanda ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilgan bo‘lib maktablarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar joriy etishda, o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqilib, kompetensiyaga asoslangan yondashuvga o‘tilgan. Shuningdek, umumta’lim maktablarida Farmon talablari asosida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini baholashning yangi baholash tizimiga 2024-2025-o‘quv yilida jami 7 ta maktab o‘tgan bo‘lsa, joriy 2025-2026-o‘quv yilida, jami 22 ta maktabda yangi baholashga tizimi joriy etilgan.

Rejaga muvofiq, 2026-o‘quv yilida Attestatsiya va akkreditatsiyasidan o‘tadigan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari tanlangan bo‘lib 24 ta maktab va 13 ta maktabgacha
ta’lim tashkilotlari Attestatsiya va akkreditatsiyasidan o‘tkazilgan. Yig‘ilish davomida deputatlik guruhi deputatlari tomonidan fikr va takliflar bildirilib maktabda ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 4