Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY HIMOYADA YANGI TIZIM 35-SONLI QAROR BILAN NIMALAR O‘ZGARDI
янв.21
Yurt obodligi — mahalladan boshlanadi!
янв.21
BUNYODKORLIK VA OBODONLIK: DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Mahalla yettiligi: 2025-yil sarhisobi va deputat nazorati
янв.21
Mahalla raisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
янв.21
Bugun Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Termiz shahar Kengashining doimiy komissiyalari qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi!
янв.21
Termizda Jamoat salomatligi va hududlar tozaligi masalalari doimiy komissiya yig‘ilishida muhokoma qilindi.
янв.21
Doimiy komissiya yig‘ilishida aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Deputatlar xalq ichida: Termiz shahrida yangi tizim
#nazorat tadbiri #o'rganish

Tariximizni o‘rganish va ajdodlarimizdan qolgan nodir osori-atiqalarni asrab-avaylash har birimizning burchimizdir. Shu maqsadda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Qizilgul Ermatovna Qosimova hamda Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sevara Qodirova bilan shahrimizdagi “O‘lkashunoslik” muzeyi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

✅ Muzey binosining bugungi holati va eksponatlar uchun yaratilgan sharoitlar;

✅ Tarixiy buyumlar va nodir osori-atiqalarni saqlash tartibi hamda xavfsizligi;

✅ Muzey fondini boyitish va yosh avlodni tariximizga qiziqtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar.

Deputat Q. Qosimova muzeydagi har bir eksponat xalqimizning boy o‘tmishidan so‘zlashini ta’kidlab, mavjud kamchiliklarni bartaraf etishni o‘z zimmasiga oldi. Xususan, muzeyning moddiy-texnik holatini yaxshilash, eksponatlarni saqlash sharoitlarini zamon talablariga moslashtirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish va ularni tegishli tartibda o‘rganib chiqishni o‘z oldiga ustuvor vazifa qilib belgiladi.

"Muzey — bu shunchaki bino emas, balki tariximizning tirik sahifasidir. Bu yerdagi har bir buyumni munosib saqlash va targ‘ib qilish madaniy strategiyamizning muhim qismidir," — deb ta’kidladi deputat.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha muzey faoliyatini takomillashtirish yuzasidan deputatlik nazorati o‘rnatildi.

Slide 1 of 4