Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada yangi tizim ijrosi: deputat va Kengash rahbariyati nazoratida
янв.21
“SURXON TONGI” gazetasining 2026-yil 11-mart kunidagi 10-sonida:
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 19-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining aprel oyi ish rejasi
янв.21
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 16–19-mart)
янв.21
IJTIMOIY HIMOYADA YANGI TIZIM 35-SONLI QAROR BILAN NIMALAR O‘ZGARDI
янв.21
Yurt obodligi — mahalladan boshlanadi!
янв.21
BUNYODKORLIK VA OBODONLIK: DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Mahalla yettiligi: 2025-yil sarhisobi va deputat nazorati
янв.21
Mahalla raisining vazifalari nimadan iboratligini bilasizmi?
#faoliyat #Deputat nazorati

Ijtimoiy-iqtisodiy sohani isloh qilishning hozirgi sharoitida axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishning maqsad va vazifalari mamlakatda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga va xalqaro amaliyotga mos bo‘lishi zarur. Shu munosabat bilan fuqarolarning axborotdan erkin foydalanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlari, shu jumladan, milliy qadriyatlar va jahon madaniyati, amaliy va fundamental bilimlardan bahramand bo‘lish, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish ustuvor maqsadga aylanmoqda.

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari Sevar Qodirova va Muhiddin Abdullayevlar tomonidan shahar Kengashining 2026-yil 21-fevraldagi VII-37-10-10-147-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan shahardagi Axborot kutubxona markazi faoliyati o'rganildi.

📚Shahar Kengashi qaroriga asosan Axborot kutubxona markazining moddiy texnik bazasini mustahkamlash va issiqlik tizimini yaxshilash uchun mablag' ajratilgan.

📚Mazkur qaror ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar, issiqlik tizimini holati, kitoblarni saqlash holati ko'rib chiqildi va qaror ijrosi yuzasidan ishlar yakuniga yetgach shahar Kengashining mahalliy budjet komissiyasiga qo'shimcha ma'lumot taqdim etishi belgilandi.

Slide 1 of 5