Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Huquqiy tartibotni ta’minlash yo‘lida muvofiqlashtirilgan hamkorlik

Termiz shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi D.Suvonova, xalq deputatilari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati G.Kravchenya, shahar prokurori o‘rinobsari K.Xazratqulovlar tomonidan kiber madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Yig‘ilishda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari hamda shahardagi mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida, yig‘ilish ishtiroklarida hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarimiz firibgarlik, o‘g‘rilik va boshqa shu kabi jinoyatlar qurboniga aylanib qolayotganligi haqida so‘z yuritilib, ushbu jinoyat qurboniga aylanmaslik uchun amal qilinishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 7