O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarorining ijrosi yuzasidan Termiz shahar “Temiryo‘lchi” MFY da xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat X.Fayzullayev hamda mahalla vakillari ishtirokida aholini ijtimoiy xizmatlardan xabardorligini oshirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda deputat mahallada aholini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlarini tashkil etish, kambag‘al oilalarga ajratilayotgan mablag‘larni maqsadli va manzilli yo‘naltirish hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning ahamiyatini aholiga yetkazish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Yig‘ilishdan so‘ng deputat “Temiryo‘lchi” mahalla fuqarolar yig‘inida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.