Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

Xalq deputatlari shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari hamda Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibidagi masala, Mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida budjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, soliq qarzdorliklari va ularni qisqartirish yuzasidan ko‘rilgan choralar bo‘yicha 2025-yilning III choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan shahar Soliq inspeksiyasi boshlig‘i S.Muxamadiyevning hisoboti eshitildi.

Doimiy komissiya yig‘ilishida ko‘rilgan masala yuzasidan fikr mulohazalar eshitilib, o‘z fikrlari va takliflarini bildirdilar yig‘ilish so‘ngida kun tartibidagi masalalar yuzasidan shahar Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 4