O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarorining ijrosi yuzasidan Termiz shahar “Majnuntol” mahalla fuqarolar yig‘inida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat J.Xamroqulov tomonidan aholini ijtimoiy xizmatlardan xabardorligini oshirish bo‘yicha hamda hududni rivojlantirishga qaratilgan dastur ijrosini samarali nazorat qilish hamda mahallalardagi muammolarni hal etish bo‘yicha hamkorlik tadbirlari tashkil etildi.
Tadbir davomida deputat “Majnuntol” mahalla fuqarolar yig‘inida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.