Jarqo'rg'on tumanidagi 19-sonli maktabda "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida "Birinchi qo‘ng‘iroq" hamda "Mustaqillik darsi" tadbirlari bo'lib o'tdi
Bugun, 2-sentyabr kuni yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan viloyatimizning barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o‘tkazildi. Tumandagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Xalq deputatlari Jarqo'rg'on tumani deputati Ch.Yusupov tadbirda o'quvchilarni Mustaqilligimizning 34-yilligi va yangi o‘quv yilining boshlanishi bilan tabriklab, mustaqillikning ma'no-mazmuni, mustaqillik zamirida yaratilayotgan shart-sharoitlar, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Tadbir davomida 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarga Prezident sovg‘alari topshirildi.