Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi deputati A.Samanov "Kamar" mahallasidagi 59-sonli umumta'lim maktabida yangi o‘quv yili “Najot-ta'limda, najot-tarbiyada, najot-bilimda!” shiori ostida tashkil etilgan “Mustaqillik darslari" da ishtirok etdi.
Deputat tomonidan o‘tilgan darslarda mustaqillikning tarixiy mohiyati, ozod va obod vatanda farovon hayot kechirishni orzu qilgan ota-bobolarimiz, mustaqillikni qo‘lga kiritishdagi qiyinchiliklar bilan bir qatorda o‘tgan 34 yillik tariximiz davomida qo‘lga kiritilgan yutuqlar kabi mavzularda o'quvchilar bilan suhbatlar, savol-javoblar, mulohazalar olib borildi.
Shuningdek, mazkur darslarda yigit-qizlarga davlatimiz rahbari tashabbusi bilan so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida erishilgan yutuq va marralar dunyo hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilayotgani hayotiy misollar vositasida singdirildi.