“Deputat mahallada” loyihasi doirasida
Deputatlar va xalq o‘rtasida doimiy muloqotni amalga oshirish, yurtimizda olib borilayotgan islohotlar va qabul qilinayotgan qonun hamda qarorlarning mazmun mohiyatini aholiga yetkazish, hududlarda odamlarni
qiynab kelayotgan muammolarni joyiga chiqqan xolda o‘rganish va bartaraf etish choralarini ko‘rish maqsadida O‘zbekiston XDP tadbirlarni boshlab yubordi.
Xususan, Sho‘rchi tumanidagi “Ko‘klam” MFYda Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Ural Cho‘tboyev O‘zXDP tuman kengashi faollari ishtirokida “Deputat mahallada” loyihasi doirasida uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda fuqarolar bilan suhbatlashildi, ularni qiynayotgan
masalalar yozib olinib, joyida mas’ullarga ijobiy yechim qilinishi bo‘yicha biriktirildi.