🗓 2025-yil 15-oktyabr kuni, Oltinsoy tumani “22-Mingchinor” saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Turdiyev Akrom Abdimuratovich boshchiligida “Tog‘ay Murod” mahallasida navbatdagi uchrashuv va hududiy monitoring ishlari amalga oshirildi.
👥 Uchrashuv davomida:
· Mahallada olib borilayotgan obodlashtirish ishlari;
· Aholi uchun yaratilayotgan qulay yashash sharoitlari;
· Ichimlik suvi tarmoqlarini tortish va elektr beton ustunlarni o‘rnatish holati;
· Qurilish ishlari va infratuzilma yangilanishi loyiha talablariga muvofiqligi jihatidan o‘rganildi.
📍 Faoliyatlar joyiga chiqib, deputat hamda mahalla faollari ishtirokida ish sifati, muddatlarga rioya etilishi, texnik xavfsizlik va qurilish standartlarining bajarilishi yuzasidan amaliy monitoring olib borildi.
💬 Shuningdek, aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning mavjud muammolari, takliflari va ehtiyojlari tinglandi. Ayrim masalalar
bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi. 
📈 Ushbu tashrif va monitoring ishlari “Tog‘ay Murod” mahallasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, hududiy muammolarni joyida hal etish va davlat dasturlarining samarali ijrosini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati