Ishchi guruh vakillari Toyloq tuman tibbiyot birlashmasida bo'lishib "Open Budget" dasturiga kiritilib, g‘olib bo'lgan 1,5 milliard so‘m evaziga 75 qatnovga mo‘ljallangan qo‘shimcha binoning qurilish ishlari bilan tanishishdi.
Yurtimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda fermerlik harakatining nufuzini oshirishga qaratilgan Prezidentimizning farmon, qaror va tashabbuslari izchil amalga oshirilmoqda. Aynan shu xususda navbatdagi manzil tumandagi "Akmal Toshpo‘latovich" ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligida bo‘ldi.
Mas`ullar fermer xo'jaligidagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishar ekan ko‘p tarmoqli faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirdi.