Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatlari mahallalarda obodonchilik ishlari bilan tanishdi

 Joylarda aholi farovonligini oshirish, mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yanada yaxshilashga qaratilgan ishlarning amalga oshirilishi deputatlar tomonidan tizimli o‘rganib borilmoqda. Shu maqsadda Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi deputatlari tumandagi bir qator mahallalarda bo‘lib, obodonchilik ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdilar.

Uchrashuvlar davomida deputatlar aholi xonadonlarida amalga oshirilayotgan tomorqa xo‘jaligi ishlari, yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar, mahallalardagi sanitariya va ekologiya holati yuzasidan o‘rganishlar olib bordilar. Shuningdek, xonadonlar sharoitlarni yaxshilash, ko‘kalamzorlashtirish, ichki yo‘laklarni ta’mirlash, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarda tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Deputatlar tomonidan bildirilgan takliflar kelgusida tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilishi, aholi uchun qulay shart-sharoit yaratish borasida aniq ishlarni olib borishdi.

Slide 1 of 13