Bugun Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati Qurbonova Visola Abduraimovna 35-maktabda kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandi. Tekshiruv davomida maktabning isitish tizimi ko‘zdan kechirilib, avvalgi nosozliklar bartaraf etilgani va tizim to‘liq soz holatda ishlayotgani ma’lum qilindi. Qozonxonada profilaktik ishlar bajarilgan, quvur, radiator va nasoslar tekshirilgan hamda tizimning barqaror ishlashi sinovdan o‘tkazilgan. Yakuniy xulosa sifatida maktabda o‘quvchilarga qulay va xavfsiz sharoit yaratish uchun barcha choralar ko‘rilgani ta’kidlandi.
Visola Qurbonova
Toyloq tuman Kengashi deputati