Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ishchi guruh nega taʼlim muassasalarida?

Toyloq tumanida ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish tizimini tashkil etish jarayonlarini chuqur o‘rganish maqsadida ishchi guruhi tarkibi tuzildi.

Mazkur ishchi guruhga Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputatlari rahbarligida Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputatlari, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi, Maktabgacha va maktab ta’limi, Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi qoshidagi Ekspert guruh vakillari hamda jamoatchilik a’zolari jalb etildi.

Ishchi guruh tomonidan o‘tkaziladigan o‘rganishlar natijasida ta’lim muassasalarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish, bolalar salomatligini mustahkamlash hamda ota-onalar ishonchini oshirishga xizmat qiluvchi amaliy chora-tadbirlar belgilanadi.

Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi — o‘quvchilarga to‘yimli, xavfsiz va sifatli taomlarni taqdim etish orqali ularning sog‘lom o‘sishiga, o‘qishga bo‘lgan qiziqishi va samaradorligini oshirishga ko‘maklashishdir.

Slide 1 of 5