Toyloq tuman 20- Galabotir saylov okurugidan saylangan deputat A.Nishonov hamda tuman hokimining maslahatchisi Q. Hojiqulovlar boshchiligida "To‘y-marosimlarini o‘tkazish" tuman kengashi raisi, hududdagi to‘yxonalar rahbarlari va mahalla faollari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur tadbirda “Sobir ota”, “Jalol ota” va “Ilhombek” to‘yxonalari rahbarlari, shuningdek, Taraqqiyot, O‘ray-Elipok hamda G‘o‘lba mahalla fuqarolar yig‘inlarining faollari qatnashdi.
Davra suhbatida joriy yilning 16-avgust kuni tuman hokimi tomonidan qabul qilingan "To‘y-marosimlarini o‘tkazish tartibi"ga oid Qarorining ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbir yakunida barcha mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi va hamkorlikda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.