Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi faoliyati.

 Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi 1-Madaniyat saylov okrugi deputati, X.Rajabov tomonidan “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi
saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi hamda saylovchilarning muammolarini o‘rgandi.

Yuzma-yuz muloqot, erkin fikr almashinuvi va saylovchilarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi belgilanib ijrosi
ta’minlanishi belgilab olindi.

Ushbu uchrashuv davomida xalqimizning uzoq yillik qadriyatlari va anʼanalarini oʻzida aks ettirgan toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazishda shuhratparastlik, oʻzini koʻz-koʻz qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, mahallamizda ancha avj olganligi sababli toʻy
va marosimlarni tartibga solish
va qo’shimcha isrofgarchiliklarni oldini olish hamda o’sib borayotgan yoshlarni tejamkorlikka o‘rgatish bo’yicha masalalar muhokama qilindi.

Slide 1 of 4