Yangiliklar

Saylovchilar murojaatlari nazoratga olindi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevichning “Nurli kelajak” MFY 20-Seytmuratov saylov okrugida saylovchilar bilan o‘tkazilgan axborot berish uchrashuvi yakunida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglandi.

🤝 Muloqot davomida aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilinib, har bir masala atroflicha muhokama qilindi.

📍 Bildirilgan murojaatlar bo‘yicha joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlarini tashkil etish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning yechimini ta’minlash yuzasidan kelishib olindi.

Slide 1 of 1