Yangiliklar

♻️ Chiqindilarni olib chiqish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich kotibiyat bosh mutaxassisi D.Xodjanov bilan birgalikda “Jayxun” mahallasining yangi posyolka hududida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

O‘rganish davomida hududda chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish ishlari, sanitariya holati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifati ko‘zdan kechirildi.

📍 Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, hududning sanitariya holatini yanada yaxshilash va chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqishni tizimli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1