Yangiliklar

Yangi trotuarlar qurilishi o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisining topshirig‘iga asosan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov tomonidan “Markaziy” MFY 14-Do‘stlik saylov okrugida yangidan barpo etilayotgan trotuarlar qurilishining borishi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, sifat ko‘rsatkichlari va belgilangan muddatlarga rioya etilishi ko‘zdan kechirildi.

📍 Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida davom ettirish yuzasidan monitoring olib borilishi belgilandi.

⚡️ Hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini doimiy nazorat qilish ularning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2