Yangiliklar

Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👥 Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi Artikov Davron Omarbayevich raislik qildi.
Unda komissiya a’zolari hamda mas’ul mutaxassislar ishtirok etdi.

🚨 Yig‘ilishda Taxiatosh tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Xudaybergenov Timur Maxmudovichning 2026-yilning II choragi davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash va profilaktika tadbirlarini tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti tinglandi.

💬 Muhokamalar davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish samaradorligini yanada oshirish, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda mas’ul idoralar hamkorligini mustahkamlash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

✅ Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Slide 1 of 4