Bugun 2026-yil 10-aprel kuni Xo‘jayli tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashining yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyani Xalq deputatlari tumanlik Kengashi raisi I.Kochkarov boshqarib bordi, unga mahalliy deputatlar, tegishli soha rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Dastlab davlat madhiyalari yangradi. Shundan so‘ng, kun tartibida 7 ta masala ko‘rib chiqilib, ma’ruzachilarning hisobotlari tinglandi. Xususan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, mahalliy byudjetning 2026 yil I chorak ijrosi, mahalla yoshlari o‘rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi"ni tashkil etish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi. Kun tartibi yuzasidan deputatlar o‘z fikr va takliflarini bildirib, tegishli qarorlar qabul qilindi.