Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

➡️Xotin-qizlar o‘rtasida ijtimoiy profilaktika va ularni jamiyatga moslashtirish borasida olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish maqsadida tuman Kenbgashi deputati Karomat Karimova, A.Navoiy mahallasi xotin-qizlar faoli va tehishli mas'ullar tomonidan A.Navoiy mahallasida joylashgan 6-MTT xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

➡️Uchrashuv davomida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash, oilalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash hamda tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr va takliflar tinglanib, bu borada hamkorlikda ishlash muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4