🔹 Farg‘ona tuman Kengashining 2025-yil 30-oktabrdagi qarori ijrosi
doirasida hududlarda olib borilayotgan ishlar qat’iy jamoat nazorati ostida kuzatildi. Langer MFY
hududidagi 16-sonli umumta’lim maktabini
zamonaviy jihozlash ishlari tuman
Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Rahimov va bosh mutaxassislar O.Dadajonova,
A.Eminjonovlar tomonidan bevosita
joyida o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
🔹 O‘rganishlar natijasida sinf
xonalari va ta’lim jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlar zamonaviy standartlarga to‘liq javob berishi
aniqlandi. Bu tashabbus bolajonlarimizning
bilim olish imkoniyatlarini kengaytiradi, kelajak avlodning orzulariga erishish
yo‘lini yoritadi va ularning iqtidori
va iste’dodini rivojlantirishda muhim qadam hisoblanadi.
🔹 Har bir sinf xonasi, har bir
jihoz bolajonlarimizning kelajagi uchun
sarmoya, ularning yuksak maqsad
sari intilishlariga ilhom bag‘ishlaydi.
📱 Telegram | Facebook |
YouTube