Yangiliklar

Kambag‘allikni qisqartirish muvaqqat komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi

Kambag‘allikni qisqartirish muvaqqat komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabridagi «Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi KQ-6-V-sonli qarorining 6 bandiga muvofiq, xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 2025-yil 23-yanvarda xalq deputatlari shahar Kengashi huzuridagi Kambag‘allikni qisqartirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muvaqqat komissiyasi tuzilgan bo‘lib ushbu komissiyaning 2026-yil 12-mart kuni navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Bunda komissiya raisi Kuldashev Javlonbek Murodovich tomonidan 2026-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan axborot berdi. Shundan so‘ng shahar hokimining Moliya- iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i M.Zavqiyev tomonidan bir qancha tavsiyalar berib o‘tdilar.

 Yig‘ilish so‘ngida 1-chorak yakuni bilan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli tashkilotlarning faoliyatini o‘rganish yuzasidan hisobotlarni eshitish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 6